Putinning maslahatchisi Eron tashqi ishlar vaziri Abdullahiyon bilan uchrashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Suriya bo'yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentyev bu mamlakat poytaxti Tehronda Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Emir Abdullahiyon bilan uchrashdi.

1736845

Eron Tashqi ishlar vazirligidan berilgan bayonotga ko'ra, Suriyaning poytaxti Damashqdan keyin Tehronga borgan Lavrentyev va Rossiya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Sergey Vershinin Abdullahiyon bilan "ikki tomonlama aloqalar, mintaqadagi o'zgarishlar va Suriyadagi vaziyatni" muhokama qildi.

Uchrashuvda Abdullahiyan Ostona jarayoni doirasida “suriyaliklarning oʻzaro  muzokaralari bu mamlakatdagi inqirozning yagona siyosiy yechimidir” dedi.

Eron vaziri, shuningdek, Rossiya bilan doimiy va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish istagida ekanliklarini bildirib, “Moskva va Tehronning Suriyani qayta tiklash uchun birgalikda harakat qilishi”ning ahamiyatini ta’kidladi.

Aloqador xabarlar