Yaponiya va AQSh Xitoy dengizida suv osti kemasi ishtirokida qo'shma harbiy mashg'ulot o'tkazdi

Yaponiya va Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Xitoy o'z harbiy ishtirokini oshirayotgan Janubiy Xitoy dengizida "birinchi marta suv osti kemasi ishtirokida" qo'shma harbiy mashg'ulot o'tkazdi.

1734878

Yaponiya dengiz o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari (MSDF) Janubiy Xitoy dengizida AQSh harbiy-dengiz kuchlari bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazganini ma’lum qildi.

Shunga ko'ra, Yaponiya ikki esminet va bir patrul samolyoti bilan ishtirok etgan mashg'ulotlarga birinchi marta MSDFga tegishli suv osti kemasi yuborildi.

MSDF bu mashg'ulotning "AQSh va Yaponiyaning Janubiy Xitoy dengizida suv osti kemasi ishtirokidagi birinchi harbiy mashg'uloti" ekanligiga e'tibor qaratdi.

NHK jamoat teleradiokompaniyasining xabar berishicha, Qo'shma Shtatlar butun mintaqa bo'ylab suv osti kemalariga qarshi mashqlarni o'z ichiga olgan mashqlarda esminet va patrul samolyoti bilan ishtirok etgan.

Mintaqada Xitoy harbiylari soni ortib borayotganiga e'tibor qaratgan NHK jamoat teleradiokompaniyasi, Yaponiya-AQSh ittifoqi doirasidagi qo'shma mashg'ulotning "Erkin va ochiq Hind-Tinch okeani ko'rinishi"ni maqsad qilganini aytdi.

Tanlangan kalimalar: #Mashg'ulot , #Harbiy , #AQSh , #Yaponiya

Aloqador xabarlar