G'azoga 12 davlat ko'magi bilan 27ta tez yordam mashinasi yuborildi

G’azoga insonparvarlik yordami yetkazgan “Miles of Smiles” konvoyi tomonidan taqdim qilingan 27 ta tez tibbiy yordam mashinasi Refah chegara darvozasidan kirdi.

1731272
G'azoga 12 davlat ko'magi bilan 27ta tez yordam mashinasi yuborildi

 

G'azoga sog'liqni saqlash sohasiga hissa qo'shish maqsadida 12 davlatning ko'magi bilan 27ta tez yordam mashinasi yuborildi. Ushbu davlatlar orasida Turkiya ham bor.

2009-yil noyabr oyidan buyon arab va xalqaro tashkilotlar hamkorligida 12 davlat tomonidan moliyalashtirilgan G’azoga insonparvarlik yordami yetkazgan “Miles of Smiles” konvoyi tomonidan taqdim qilingan 27 ta tez tibbiy yordam mashinasi Refah chegara darvozasidan kirdi.

Konvoy matbuot koordinatori Abdulloh al-Haccar Turkiya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Yangi Zelandiya, Kanada, Indoneziya va Jazoirning moliyalashtirgan davlatlar qatorida ekanligini bildirdi.

Uning ta'kidlashicha, Iordaniya tomonidan yuborilgan 10 ta tez yordam mashinasi yaqin kunlarda G'azoga yetib boradi. U bu transport vositalarining sog'liqni saqlash sohasining yukini engillashtirishini va ayniqsa inqiroz davrida fuqarolarga yaxshi xizmat ko'rsatishini qo'shimcha qildi.

Isroil armiyasining 10-may kuni G‘azo sektoriga boshlagan hujumlari, HAMAS bilan erishilgan o't ochishni to'xtatish bitimiga muvofiq, 21-may kuni yakunlandi. Hujumlarda 24 nafar og'liqni saqlash markazi zarar ko'rdi.


Tanlangan kalimalar: #G'azo

Aloqador xabarlar