Afg'onistonda DEAShning 25 nafar a'zosi Tolibon rasmiylariga taslim bo'ldi

Bayonotda taslim bo'lgan DEASh a'zolarining shartli qo'yib yuborilgani, bu odamlar yana terrorchilik faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan taqdirda hech qachon kechirilmasligi ta'kidlandi.

1730509
Afg'onistonda DEAShning 25 nafar a'zosi Tolibon rasmiylariga taslim bo'ldi

 

Afg'onistonda terror tashkiloti DEAShning 25 nafar a'zosi Tolibon rasmiylariga taslim bo'ldi.

Tolibon boshqaruviga qarashli Nangarhor gubernatorligi tomonidan berilgan bayonotda, shaharning Kot va Spin Gar tumanlarida terror tashkiloti DEASHning 25 nafar a'zosi taslim bo'ldi.

Bayonotda taslim bo'lgan DEASh a'zolarining shartli qo'yib yuborilgani, bu odamlar yana terrorchilik faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan taqdirda hech qachon kechirilmasligi ta'kidlandi.

Shuningdek, 31 oktyabr kuni Nangarhar viloyatida DEAShga a'zo 65 kishi qabila oqsoqollari vositachiligida Kot va Batkot tumanlaridagi razvedka bo'linmalariga taslim bo'lgani ma'lum qilindi.

Kecha, 7 noyabr kuni peshin vaqtida Nangarhor viloyati markazi Jalolobod shahrida ketma-ket ikki marta sodir etilgan bombali hujumlarda kamida 3 kishi halok bo‘ldi.

Tolibon 15 avgust kuni mamlakatni nazorat ostiga olganidan keyin terror tashkiloti DEASh hujumlarini kuchaytirdi.

DEAShning tayanch nuqtasi sifatida tanilgan Nangarhorda tashkilot a’zolari Tolibon a’zolarini nishonga olgan 8 dan ortiq qurolli va bombali hujum uyushtirdi.

Bundan tashqari, 15 avgustdan buyon DEASH tomonidan Kobulda 2, Qunduzda 1 va Qandahorda amalga oshirilgan 4 ta yirik hujumda 250 dan ortiq kishi hayotdan ko'z yumdi.


Tanlangan kalimalar: #DEASh , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar