Gretsiya Turkiya bilan konstruktiv muloqotni yo’lga qo’ymoqchi

Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias Gretsiyaning Turkiya va turk xalqiga nisbatan hech qanday yomon niyati yo'qligini ta'kidladi.

1729339
Gretsiya Turkiya bilan konstruktiv muloqotni yo’lga qo’ymoqchi

 

Gretsiya Turkiya va turk jamiyati bilan konstruktiv muloqotni yo’lga qo’ymoqchi.

Bu haqda Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias ma’lum qildi.

Afinada Sloveniya tashqi ishlar vaziri Anze Logar bilan uchrashgan Dendias, uchrashuvdan keyin uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida Sharqiy O’rta yer dengizi va Turkiyadagi o’zgarishlar bilan bir qatorda Gretsiya va Sloveniya o’rtasidagi munosabatlar haqida bayonot berdi.

Dendias, Gretsiyaning Turkiya va turk xalqiga nisbatan hech qanday yomon niyati yo'qligini ta'kidladi.

"Gretsiya turk jamiyati bilan muloqot qilishni istaydi. Chunki, turk jamiyatining katta qismi hali ham Yevropa integratsiyasi va boshqa jarayondan umidvor ekaniga ishonadi",-dedi Gretsiya Tashqi ishlar vaziri.

Gretsiya konstruktiv pozitsiyaga ega ekanligini iddao qilgan Dendias, Yevropa Ittifoqi rahbariyati unga a'zo bo'lmoqchi bo'lgan yoki Yevropa Ittifoqi bilan yaxshi aloqalar o'rnatmoqchi bo'lgan davlatlarga xalqaro qonunlarga hurmat ko'rsatishi kerakligi haqida aniq talab qo’yishini taklif qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Nikos Dendias , #Turkiya , #Gretsiya

Aloqador xabarlar