Rossiyada harbiy transport samolyoti halokatga uchradi

Kecha, 3 noyabr kuni Rossiyaning Irkutsk viloyatida An-12 harbiy transport samolyoti quladi. Havo kemasi bortida 9 kishi bo‘lgan.

1729500
Rossiyada harbiy transport samolyoti halokatga uchradi

 

Kecha, 3 noyabr kuni Rossiyaning Irkutsk viloyatida An-12 harbiy transport samolyoti quladi. Havo kemasi bortida 9 kishi bo‘lgan.

Samolyot Pivovarixa qishlog‘ida qulagan va yonilg‘i to‘kilishi sababli 300 kv metr maydonda yong‘in sodir bo‘lgan.

Samolyotdagilarning besh nafari ekipaj a’zolari, to‘rt nafari yukni kuzatib boruvchilar bo‘lgan. Hodisada hech kim omon qolmagan.

Irkutsk viloyati rasmiylariga ko‘ra, samolyotda Belarus, Ukraina va Rossiya fuqarolari bo‘lgan.

Tergov samolyot halokati sabablarining barcha mumkin bo‘lgan versiyalarini ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida uchuvchi xatosi, ob-havo sharoiti, shuningdek, samolyotning texnik nosozligi bor.

Halokat bo‘yicha harakat va ekspluatatsiya xavfsizligi qoidalarini buzish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U Tergov qo‘mitasining markaziy apparatiga o‘tkazildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qulagan samolyotdan 1968 yildan beri foydalanib kelingan.


Tanlangan kalimalar: #vertolyot halokati , #Rossiya

Aloqador xabarlar