Pentagon vakili F-35 bo'yicha Turkiya-AQSh muzokaralarini samarali deb baholadi

Pentagon vakili Jon Kirbi kundalik matbuot anjumanida poytaxt Anqarada Turkiya va Amerika mudofaa vazirligi rasmiylari o'rtasida F-35 dasturi bilan bog'liq o'tkazilgan uchrashuv haqida ma’lum qildi.

1728085
Pentagon vakili F-35 bo'yicha Turkiya-AQSh muzokaralarini samarali deb baholadi

 

Pentagon vakili Jon Kirbi kundalik matbuot anjumanida poytaxt Anqarada Turkiya va Amerika mudofaa vazirligi rasmiylari o'rtasida F-35 dasturi bilan bog'liq o'tkazilgan uchrashuv haqida ma’lum qildi.

U mazkur uchrashuvning samarali o'tganini bildirdi.

"Bu Turkiyaning F-35 dasturidan chiqarilishining yakunlanishi va buning ikki tomonlama munosabatlarning kelajagi uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida muhokama edi. Shuning uchun bu juda samarali uchrashuv bo'ldi. Turkiya biz uchun hali ham ahamiyatli. Biz ko'pgina umumiy manfaatlarga ega bo'lgan NATO ittifoqdoshimiz. Biz Turkiya bilan ittifoq nuqtai nazaridan umumiy xavfsizlik manfaatlari yo'lida hamkorlik qilishni davom ettirmoqchimiz",- dedi Pentagon vakili.

Uchrashuv faqat Turkiyaning F-35 dasturidan chetlatilishiga bag’ishlanganini ta’kidlagan Kirbi: “Bu Turkiya bilan ikki tomonlama yaqin hamkorlik qilish yo‘llarini topishga harakat qilmaymiz, degani emas”,-dedi.

Uning ta’kidlashicha, Turkiyaning F-16 bo’yicha talabi nafaqat milliy xavfsizlik, balki NATO xavfsizligi uchun ham o’ta muhim.

"Bizning ittifoqimiz ikki tomonlama xavfsizlik munosabatlarimiz doirasida. Turkiya bilan qanday qilib oldinga siljish haqida muzokaralar olib borish muhim va biz buni davom ettiramiz",-deydi Jon Kirbi.

U Turkiyaning Suriyadagi bo'lginchi terror tashkiloti YPG/PKKga qarshi ehtimoliy operatsiyasi haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi.


Tanlangan kalimalar: #F-35 , #Turkiya , #AQSh , #Jon Kirbi

Aloqador xabarlar