Zelenskiy Qrim va Donbassni "ekologik bombalar" deb atadi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Glazgodagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim O'zgarishi bo'yicha 26-Konferentsiyasida ma’ruza qildi.

1727825

U o’z chiqishida Qrim va Donbassni “Yevropa markazidagi ekologik bombalar” deb atadi.   

“O‘ziga xos hayvonot va o‘simlik dunyosiga ega Qrim Rossiyaning harbiy-dengiz bazasiga aylandi, Donbassning bir qismida esa - shaxtalar suv ostida, tuproq eroziyasi va ichimlik suvi yetishmovchiligi mavjud”, - deb aytgan Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikki hudud dunyo uchun tahdid uyg‘otadi.

Zelenskiy shuningdek, Rossiyani iqlim bo‘yicha Parij kelishuvini bajarmaslikda aybladi.

Ukraina Yevropada Parij kelishuvini imzolagan birinchi davlatlardan biri ekanligini ta'kidlagan Zelenskiy, maqsadi 2030 yilgacha issiqxona gazlari emissiyasini 65 foizga kamaytirish ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Shotlandiya poytaxti Glazgoda 31 oktyabr kuni iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan sammit o‘z ishini boshladi.

Tanlangan kalimalar: #Vladimir Zelenskiy , #Ukraina

Aloqador xabarlar