Tolibon taslim bo‘lgan DEAShga a’zo 65 kishini kechirdi

Tolibon taslim bo‘lgan DEASh terror tashkilotiga a’zo 65 kishini kechirdi.

1727516
Tolibon taslim bo‘lgan DEAShga a’zo 65 kishini kechirdi

Tolibon Afg‘onistonning Pokiston chegarasidagi sharqiy Nangarhor viloyatida taslim bo‘lgan DEASh terror tashkilotiga a’zo 65 kishini kechirdi.

Nangarhor viloyati nomidan rasmiylar DEAShga a’zo 65 kishining Kot va Batkot tumanlarida qabila oqsoqollari o‘rtamchiligida razvedka tashkilotiga taslim bo‘lganini ma’lum qildi.

Rasmiylar, pushaymonligini bildirgan tashkilot a’zolarining kechirilgani, takror qurol ushlashsa eng og‘ir jazoga tortilishini bildirdi.

Afg‘onistonning turli mintaqalarida hujumlar uyushtirgan DEASh tomonidan 8-oktabr kuni Qunduz viloyatining Sayid Abad tumanidagi shialarga oid jome’ masjidiga qarshi yo‘lga qo‘yilgan bombali hujumda 46 kishi halok bo‘lib, ulardan tashqari 143 kishi tan jarohati olgandi.


Tanlangan kalimalar: #Afg‘oniston , #Tolibon , #DEASh

Aloqador xabarlar