Nigeriyada Boko Haromga qarshi operatsiyada 37 kishi halok bo'ldi

G'arbiy Afrika davlati Nigeriyaning shimoli-sharqida terror tashkiloti Boko Haramga qarshi uyushtirilgan operatsiyada 37 kishi halok bo'ldi.

1727376
Nigeriyada Boko Haromga qarshi operatsiyada 37 kishi halok bo'ldi

 

G'arbiy Afrika davlati Nigeriyaning shimoli-sharqida terror tashkiloti Boko Haramga qarshi uyushtirilgan operatsiyada 37 kishi halok bo'ldi.

Armiya voizi Onyema Nwachukvu yozma bayonotida, harbiy bo'linmalarning 30-oktabr kuni Borno shtatining Sambisa o'rmonida Boko Haramga qarshi "Hadin Kay" operatsiyasini amalga oshirganligini bildirdi. Operatsiyada 37 nafar terroristni yo’q  qilganiga diqqat qaratgan Nwachukvu, qurol-yarog', transport vositalari, neft mahsulotlari va muhim o'q-dorilarning ham qo'lga kiritilganligini bildirdi.

So'nggi yillarda amalga oshirilgan operatsiyalarga qaramay, Afrikaning eng ko'p aholiga ega mamlakati Nigeriyada "Boko Haram" hanuz jiddiy xavfsizlik muammosini keltirib chiqarmoqda.

Nigeriyada 2000-yillarning boshidan beri 2009-yildan beri mavjud boʻlgan “Boko Haram” tomonidan uyushtirilgan ommaviy terrorchilik harakatlarida 20 mingdan ortiq odam halok boʻldi.

Terror tashkiloti 2015-yildan buyon mamlakatning chegaradosh qo‘shnilari Kamerun, Chad va Nigerda ham hujumlar uyushtirgan. Tashkilotning Chad ko'li havzasida uyushtirgan hujumlarida kamida 2000 kishi hayotdan ko'z yumdi.

Terror xurujlari va  to’qnashuvlar tufayli mamlakatda yuz minglab odamlar ko‘chib ketishga majbur bo‘ldi.

Nigeriyaning shimoli-sharqida Boko Haramga qarshi uyushtirilgan operatsiyada 37 kishi halok bo'ldi

 


Tanlangan kalimalar: #Halok , #37 kish , #Terror , #Boko Haram , #Nigeriya

Aloqador xabarlar