Isroil kuchlarining ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohilda 9 nafar Falastinlikni qo'lga olgani bildirildi

Falastin rasmiy agentligi WAFAda berilgan xabarga ko'ra, Isroil kuchlari G'arbiy Sohilning turli qismlariga  bosqin uyushtirdi

1727660
Isroil kuchlarining ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohilda 9 nafar Falastinlikni qo'lga olgani bildirildi

Isroil kuchlarining ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohilda 9 nafar Falastinlikni qo'lga olgani bildirildi.

Falastin rasmiy agentligi WAFAda berilgan xabarga ko'ra, Isroil kuchlari G'arbiy Sohilning turli qismlariga  bosqin uyushtirdi.

Bosqinlarda 9 kishining qo'lga olinganiga diqqat qaratgan xabarda, Isroil askarlarining Ramallahning Naalayn qishlog'ida uyushtirgan bosqinlarda o'nlab falastinlik yoshni qo'lga olgani va yahudiy qarorgohiga qarshi namoyishlarni davom ettirmaslik uchun ularni qamoq bilan tahdid qilgani bildirildi.

Ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi uylarga tez-tez bosqin uyushtirgan Isroil kuchlari, turli iddaolar bilan falastinliklarni qo'lga olmoqda.

G'arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda odatiy holga aylangan hibslar ortidan ba'zi falastinliklar, jumladan, ayollar va bolalar bir necha kun davomida qamoqxonalarda saqlanmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Bosqin , #G'azo , #Isroil

Aloqador xabarlar