Nigeriyada qamoqxonadan qochgan mahbuslardan 446 nafari qo'lga olindi

Ma'lum qilinishicha, Nigeriyaning Oyo shtatidagi qamoqxonaga qurolli hujumda qochgan yuzlab mahbuslardan 446 nafari qo'lga olingan.

1724570

Nigeriya Ichki ishlar vaziri Rauf Aregbesola matbuotga bergan bayonotida, 22 oktyabr kuni Abolongo mintaqasidagi qamoqxonadan qochgan 838 mahbusdan 446 nafarining qo'lga olinganini bildirdi.

Hujum paytida 69 mahbusning qochishdan bosh tortganini ifoda etgan Aregbesola,

– Oxirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, qochqinlarning 446 nafari qo‘lga olingan, 392 nafari bedarak yo‘qolgan. dedi.

Aregbesola aholini qochgan mahbuslarga yordam bermaslikka chaqirdi.

22-oktabrga o‘tar kechasi qurolli shaxslar tomonidan sodir etilgan hujumda ikki qamoqxona xodimi halok bo‘ldi, ko‘plari yaralandi.

Tanlangan kalimalar: #mahbus , #qamoqxona , #Nigeriya

Aloqador xabarlar