Sudan bosh vaziri harbiylar tomonidan uy qamog‘iga olindi

Sudan bosh vaziri Abdulla Hamduk hukumatidan kamida 4 nafar vazir (aloqa, axborot, sanoat va moliya vazirlari), mamlakatdagi hukmron Mustaqil kengash vakili Muhammad al-Fakiy va Xartum gubernatori Ayman Nimr ham hibsga olingan.

1724410
Sudan bosh vaziri harbiylar tomonidan uy qamog‘iga olindi

 

Sudan bosh vaziri Abdulla Hamduk bir guruh harbiylar tomonidan uy qamog‘iga olindi.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Hamduk hukumatidan kamida 4 nafar vazir (aloqa, axborot, sanoat va moliya vazirlari), mamlakatdagi hukmron Mustaqil kengash vakili Muhammad al-Fakiy va Xartum gubernatori Ayman Nimr ham hibsga olingan.

Bu voqeadan so’ng, poytaxt Xartumda nozoriliknamoyishlari boshlandi.  Harbiylar Xartumga kirish yo‘llarini va ko‘priklarni to‘sib qo‘yishgan, shaharda internet va mobil aloqa o‘chirilgan.

Sudandagi siyosiy partiyalar to'ntarish tashabbusidan keyin xalqni bunga bo’y sunmaslikka chaqirdi.

Sudanda 2018 yil dekabrda boshlangan norozilik namoyishlaridan keyin 2019 yil aprelda harbiy to‘ntaruv amalga oshirilib, mamlakatni deyarli 30 yil boshqargan Umar al-Bashir o‘z lavozimidan chetlatilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Sudan

Aloqador xabarlar