Italiyaning eng yirik aviakompaniyasi Alitalia bankrotga uchradi

2020 yil oktyabrda Italiya hukumati qarori bilan tashkil etilgan Italia Trasporto Aereo (ITA) aviakompaniyasi bugun, 15-oktyabrdan boshlab mamlakatning eng yirik aviakompaniyasiga aylanadi.

1720153
Italiyaning eng yirik aviakompaniyasi Alitalia bankrotga uchradi

 

Italiyaning eng yirik aviakompaniyasi Alitalia bankrotga uchradi.

2020 yil oktyabrda Italiya hukumati qarori bilan tashkil etilgan Italia Trasporto Aereo (ITA) aviakompaniyasi bugun, 15-oktyabrdan boshlab mamlakatning eng yirik aviakompaniyasiga aylanadi.

Alitalia koronavirus pandemiyasi va chegaralar yopilishi sababli bankrotga uchragan. Uning o‘rnini endi ITA egallaydi.

Ta'kidlanishicha, kompaniyaning tugatilishi Italiya hukumati va sarmoyadorlarning mashhur aviakompaniyani saqlab qolishga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchraganini anglatadi.

Kompaniyaning oxirgi reysi Kalyari shahridan Rimga 14-oktyabrda kechki vaqt amalga oshirilgan. Samolyotni Italiya fuqaro aviatsiyasining eng tajribali uchuvchilaridan biri, kompaniyada 1989 yildan beri faoliyat yuritib kelgan Andrea Joya boshqargan.

Kompaniya 76 yil avval, 1957 yil 5 mayda tashkil etilgan. Oxirgi 4 yil Alitalia moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirgan, kompaniyada favqulodda boshqaruv rejimi kiritilgan, Italiya hukumati esa kompaniyaga o‘zini o‘nglab olishi uchun 1,3 mlrd dollar mablag' ajratgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, endilikda ITA tarixga aylanadigan aviakompaniyadan 52 ta samolyotdan iborat parkni, parvozlar kodlari va brendni meros qilib oladi. Biroq, xodimlar soni 10,5 mingdan 2,8 minggacha qisqaradi. 

Yangi aviakompaniyaning birinchi parvozi bugun, 15-oktyabrga belgilangan.


Tanlangan kalimalar: #Italiya , #Alitalia

Aloqador xabarlar