Amerikalik rasmiylar Dohada Tolibon vakillari bilan uchrashdi

Ma'lum bo'lishicha, amerikalik ba'zi rasmiylar 9-10 oktyabr kunlari Qatar poytaxti Dohada Tolibon vakillari bilan muzokaralar olib borib  Afg'onistondagi so'nggi vaziyatni muhokama qilgan.

1717596
Amerikalik rasmiylar Dohada Tolibon vakillari bilan uchrashdi

 

Ma'lum bo'lishicha, amerikalik ba'zi rasmiylar 9-10 oktyabr kunlari Qatar poytaxti Dohada Tolibon vakillari bilan muzokaralar olib borib  Afg'onistondagi so'nggi vaziyatni muhokama qilgan.

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays yozma bayonotida AQSh rasmiylari va Tolibon o'rtasidagi muzokaralar do'stona muhitda o'tganini aytdi.

AQSh rasmiylari birinchi marta Tolibon bilan uchrashdi, Tolibon mamlakatni o'z nazoratiga olganidan keyin, AQShning turli muassasalari rasmiylari 9-10 oktabr kunlari Dohada bo'lib o'tgan uchrashuvlarda qatnashdilar.

Muzokaralar chog'ida Afg'onistonni tark etmoqchi bo'lgan amerikaliklar va boshqa davlatlar fuqarolarining xavfsiz chiqib ketishini ta'minlash masalasi ustuvor vazifa bo'ldi. Bundan tashqari, mamlakatda inson huquqlari, jumladan, ayollarning munosib vakilik qilish masalalari muhokama qilindi va AQSh afg'on xalqiga bevosita yordam berishi ta'kidlandi.

Muzokaralar chog'ida AQSh tomoni yo'l xaritasini Tolibonning so'zlariga emas, balki harakatlariga qarab aniqlashini ta'kidladi.

2021 yil 15 avgustda Tolibon poytaxt Kobulni qamal qildi va tinchlik bilan boshqaruvni o'z qo'liga oldi. Prezident Ashraf G'ani ham o'sha kuni kechqurun mamlakatni tark etdi.

2021 yil 30-avgustda AQSh Markaziy kuchlari qo'mondoni general Kennet Makkenzi AQSh kuchlarining Afg'onistondan chiqarilishi yakunlanganini va AQShning Afg'onistondagi 20 yillik harbiy ishtiroki tugaganini e'lon qildi.

Amerikalik ba'zi rasmiylar 9-10 oktyabr kunlari Dohada Tolibon vakillari bilan uchrashdi

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qatar , #Muzokara , #Tolibon , #AQSh

Aloqador xabarlar