Yevropa Ittifoqi NATOni o'z xavfsizligining poydevori deb bildi

Yevropa Ittifoqi Kengashi raisi Charlz Mishelning aytishicha, Yevropa Ittifoqi NATOni o'z xavfsizligining poydevori deb biladi.

1715478
Yevropa Ittifoqi NATOni o'z xavfsizligining poydevori deb bildi

Yevropa Ittifoqi Kengashi raisi Charlz Mishelning aytishicha, Yevropa Ittifoqi NATOni o'z xavfsizligining poydevori deb biladi, biroq ular ko'proq avtonom bo'lish yo'llarini qidirmoqda. Mishel, Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlarining uchrashuvi oldidan, Sloveniyada raislik qilayotgan norasmiy kechki ovqatda gapirdi.

"Bugun kechqurun bizni muhim norasmiy kechki ovqat kutib oladi. Afg'oniston, ayniqsa, Hind-Tinch okeanidagi so'nggi geosiyosiy o'zgarishlar va Xitoy bilan munosabatlarimizdan keyin, Yevropa Ittifoqining xalqaro sahnadagi rolini muhokama qilish uchun imkoniyat bo'ladi". Mishel, Yevropa Ittifoqi ko'p tomonlama siyosatni qabul qilganini ta'kidladi.

"Bizga kuchli hamkorlar kerak deb hisoblaymiz. Shuning uchun biz, masalan, NATOni xavfsizligimizning poydevori deb bilamiz". Mishel, shuningdek, Yevropa Ittifoqi qanday qilib avtonom tarzda harakat qilishi mumkinligini muhokama qilishlarini aytdi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Charlz Mishel , #NATO , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar