Borrel Turkiya bilan yaqin hamkorlik va koordinatsiyaning ahamiyatini qayd etdi

Josef Borrel, Mevlut Chavushoʻgʻlu bilan oʻtkazgan uchrashuvi ortidan Twitter orqali bayonot berdi.

1710054
Borrel Turkiya bilan yaqin hamkorlik va koordinatsiyaning ahamiyatini qayd etdi

Yevropa ittifoqi Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakil Josef Borrel, Turkiya bilan yaqin hamkorlik va koordinatsiyaning munosabatlar asosi ekanini bildirdi.

Borrell, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) 76-Bosh Assambleyasi yigʻilishlari uchun AQShning Nyu-York shahrida boʻlgan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu bilan oʻtkazgan uchrashuvi ortidan Twitter orqali bayonot berdi va unda:

“BMT Bosh assambleyasi paytida Chavushoʻgʻluni koʻrish yaxshi!”-degan ifodalarga oʻrin bergan Borrel, Yevropa ittifoqi-Turkiya munosabatlaridan tashqari Kipr muammosi, Sharqiy Oʻrta yer dengizi va Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qilganliklarini bildirib, Turkiya bilan yaqin hamkorlik va koordinatsiyaning muhimligini qayd etdi.

Chavushoʻgʻlu ham mazkur uchrashuvdan soʻng ijtimoiy tarmoqda qoldirgan postida, “Xalqaro va mintaqaviy barqarorlik uchun Yevropa ittifoqining Turkiya bilan hamkorlik qilishi shart”-dedi.



Aloqador xabarlar