Parij meri Fransiya prezidenti lavozimi uchun nomzodini qo'ymoqchi

Parij meri Ann Idalgo Fransiya prezidenti lavozimi uchun 2022 yil aprel oyida bo’lib o‘tadigan saylovlarga o’z nomzodini qo’yishini ma'lum qildi.

1705687

“Men Fransiya Respublikasi prezidenti lavozimi uchun nomzodimni qo‘ymoqchiman”,- deb aytgan Parij meri.

Uning Sotsialist partiyadan nomzodini qo’yganlar orasida sentyabr oyi oxirida bo’ladigan ovoz berishda g’olib bo’lib, partiyaning rasmiy nomzodiga aylanishi kutilmoqda.

Fransiya matbuotida yoritilgan xabarlarga ko’ra, Sotsialist partiya rahbari Olivier Faure Parij meri Ann Idalgoni qo’llab-quvvatlamoqda. Saylovning eng taniqli siymolaridan biri amaldagi prezident Makron hamon nomzodini e’lon qilmadi.

62 yoshli Idalgo Parij meri lavozimini egallagan ilk ayol kishi hisoblanadi. U 2014 yildan beri ushbu lavozimda faoliyat yuritmoqda.

Fransiya prezidenti saylovlarini 2022 yil 10 aprelda o‘tkazish rejalashtirilgan. Agar 2-bosqich zarur bo‘lsa, u 24 aprelda o‘tkaziladi.

Tanlangan kalimalar: #Ann Idalgo , #Fransiya

Aloqador xabarlar