Belarus Rossiyadan qiymati 1 mlrd dollardan ko’proq qurol sotib olmoqchi

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyadan qiymati 1 mlrd dollardan ko’proq qurol sotib olishni rejalashtirganligini ma’lum qildi.

1705681
Belarus Rossiyadan qiymati 1 mlrd dollardan ko’proq qurol sotib olmoqchi

 

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyadan qiymati 1 mlrd dollardan ko’proq qurol sotib olishni rejalashtirganligini ma’lum qildi.

“Rossiyadan qiymati 1 mlrd dolardan ko’proq bo’lgan qurol sotib olishni rejalashtiryabmiz. Rossiya bilan 2025 yilga qadar Belorusga yetkazib beriladigan qurollar ro’yxati bo’yicha kelishib oldik. Shuningdek, taxminan 10ga yaqin samolyot, ularning bir qismi bizga yetib kelgan. O‘nlab TOR-M2 vertolyotlari. Bu nafaqat bizning, balki Rossiya Federatsiyasining ham NATO kuchlari bilan bevosita tutash bo‘lgan g‘arbiy yo‘nalishga jiddiy qarashimizni anglatadi”,-deb aytgan Lukashenko.

Lukashenkoga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi muzokaralar vaqtida unga zamonaviy S-500 zenit-raketa majmuasi haqida aytib bergan.

“Juda samarali kompleks, u allaqachon sinovlardan o‘tgan, menimcha, Qurolli Kuchlarga qabul qilinishi kutilmoqda. Shu jumladan, men unga S-400 haqida yana bir bor eslatdim, unga bu komplekslarni qayerga qo‘ymoqchi ekanimizni aytdim”, degan Belarus Prezidenti.

Yevropa chegarasida ro’y berayotgan migratsiya inqirozi bilan bog’liq mas’uliyat Yevropa zimmasida ekanligini ta’kidlagan Lukashenko, yevropalik yetakchilarni ushbu muammoni hal qilish uchun to’planishga chaqirdi.

 



Aloqador xabarlar