Meksika janubida 7 magnitudali zilzila ro’y berdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, zilzila oqibatida 1 kishi halok bo’ldi. AQShning tsunami haqida ogohlantirish tizimi aholini tsunami xavfiga qarshi ogohlantirdi.

1704515
Meksika janubida 7 magnitudali zilzila ro’y berdi

 

Meksikaning Guerrero shtatida 7 magnitudali zilzila ro’y berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, zilzila oqibatida 1 kishi halok bo’ldi.

Meksika milliy seysmologiya xizmati e’lon qilishicha, zilzila mamlakat janubidagi Guerrero shtatiga qarashli Akapulko shahrida yuzaga kelgan.

AQShning tsunami haqida ogohlantirish tizimi aholini tsunami xavfiga qarshi ogohlantirdi.

AQSh geologik tadqiqotlar markazi zilzila darajasini 7.4 ball deb aniqladi, ko’p o’tmay bu darajani 7 ballga o’zgartirdi.

Ma’lumotga ko’ra, Michoacan, Jalisco va poytaxt Meksiko shaharlari zilziladan zarar ko’rgan.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Meksika

Aloqador xabarlar