AQSh:120 mingga yaqin afg’onistonlikning 77 foizi maxsus immigratsion viza huquqiga ega

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki Afg'onistondan evakuatsiya qilingan 120 mingga yaqin odamlarning 77 foizi maxsus immigratsion vizaga ariza berish huquqiga ega bo'lgan Afg'onistonliklar ekanligini ma'lum qildi.

1701391
AQSh:120 mingga yaqin afg’onistonlikning 77 foizi maxsus immigratsion viza huquqiga ega

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki Afg'onistondan evakuatsiya qilingan 120 mingga yaqin odamlarning 77 foizi maxsus immigratsion vizaga ariza berish huquqiga ega bo'lgan Afg'onistonliklar ekanligini ma'lum qildi.

Psaki Oq uydagi har kungi matbuot anjumanida Afg'onistondagi so'nggi voqealarni  baholadi.

Psaki Afg'onistonda hali evakuatsiya qilinmagan odamlar uchun harakatlarini davom ettirayotganlarini aytib, shunday dedi:

"Evakuatsiya qilinganlarning 77 foizi maxsus immigratsion vizaga (SIV) ega bo'lgan afg'onistonliklar edi", dedi u. Psaki, ular ko'p gaplashmasalar -da, Afg'onistonda evakuatsiya qilish uchun samolyotlardan boshqa yo'llarga ham murojaat qilishganiga ishora qilib, ba'zi hollarda odamlarni vertolyot bilan olib ketishganini, lekin xavfsizlik nuqtai nazaridan oshkor qilmaganliklarini qo'shimcha qilishdi.

Psaki, Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroportni evakuatsiya qilish uchun ishlashni davom ettirayotganini ta'kidladi.

"Biz aeroportni qayta ishga tushirish ustida ishlayapmiz, turk va Qatarlik sheriklarimiz bilan aeroportning fuqarolik qismini ochish ustida ishlayapmiz", - dedi u.


 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Jen Psaki , #AQSh , #Evakuatsiya , #Viza , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar