Qobul aeroportida Italiyaning harbiy samolyoti o‘qqa tutildi

Bu haqda Reuters xabar agentligi Italiya xavfsizlik manbalariga tayanib xabar berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q. Samolyot esa allaqachon, Kuvaytdagi aviabazaga qo‘ngan.

1698098
Qobul aeroportida Italiyaning harbiy samolyoti o‘qqa tutildi

 

Italiya Harbiy havo kuchlarining samolyoti Qobul aeroportida o‘qqa tutildi. Havo transporti Afg‘onistonda evakuatsiya bilan shug‘ullanayotgan bo‘lgan.

Bu haqda Reuters xabar agentligi Italiya xavfsizlik manbalariga tayanib xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q. Samolyot esa allaqachon, Kuvaytdagi aviabazaga qo‘ngan.

Ma’lum qilinishicha, o‘qqa tutilgan C-130J harbiy-transport samolyoti bortida jurnalistlar va 100ga yaqin afg’on bo‘lgan.

Taxminlarga ko‘ra, samolyot havoga ko‘tarilgach, avtomatlar bilan aeroport tashqarisidagi qo‘shni tepalikdan o‘qqa tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” Qobul aeroportiga DEASh terror tashkiloti hujum qilishi mumkinligi haqida NATOga ma’lumot yuborgandi.


Tanlangan kalimalar: #Italiya , #Afg'oniston , #Kobul

Aloqador xabarlar