Kobuldagi uchinchi portlash oqibatida oʻnlab kishining halok boʻlgani aytilmoqda

Uchinchi portlash “Hamid Karzai” aeroporti yaqinidagi bombali hujumlarda halok boʻlgan va tan jarohati olganlar olib borilgan Tez tibbiy yordam kasalxonasi atrofida yuz bergandi.

1698047
Kobuldagi uchinchi portlash oqibatida oʻnlab kishining halok boʻlgani aytilmoqda
Kabil.jpg

Afgʻoniston poytaxti Kobulda oqshom soatlarida qayd etilgan uchinchi portlash oqibatida oʻnlab kishining halok boʻlgani iddio etilmoqda.

Uchinchi portlash “Hamid Karzai” aeroporti yaqinidagi bombali hujumlarda halok boʻlgan va tan jarohati olganlar olib borilgan Tez tibbiy yordam kasalxonasi atrofida yuz bergandi.

BBC, sogʻliqni saqlash tarmogʻidagi oliy darajadagi rasmiylardan biriga tayangan holda tarqatgan xabarida, kamida 60 eng koʻp 140 kishining tan jarohati olganini ma’lum qildi.

“Hamid Karzai” nomidagi xalqaro aeroport joylashgan hududda sodir boʻlgan portlashlar oqibatida halok boʻlgan amerikalik askarlar soni 12 nafarga yetdi.

Associated Press, ism-shariflarini aytmagan amerikalik rasmiylarning, hujumlarning DEASh terror tashkiloti tomonidan amalga oshirilganiga ishonchi komil ekanliklarini yetkazdi.

Amerikalik boshqa rasmiy esa, ilk ma’lumotlarga koʻra voqeaning xudkushlik hujmi ekanini ta’kidlagandi.

Eslatib oʻtamiz Afgʻoniston poytaxti Kobulda kun davomida alohida-alohida 6 portlash yuz berdi.


Tanlangan kalimalar: #Afgʻoniston , #Kobul , #portlash

Aloqador xabarlar