Jazoir Marokash bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Bu haqda Jazoir tashqi ishlar vaziri Ramtan Lamamra ma'lum qildi. U Marokashni dushmanona harakatlarda aybladi.

1696860
Jazoir Marokash bilan diplomatik aloqalarni uzdi

 

Jazoir 24 avgustdan boshlab Marokash bilan diplomatik aloqalarni uzdi.

Bu haqda Jazoir tashqi ishlar vaziri Ramtan Lamamra ma'lum qildi. U Marokashni dushmanona harakatlarda aybladi.

“Tarix Marokashning Jazoirga nisbatan dushmanlarcha munosabatini isbotladi”,-deb aytgan Ramtan Lamamra.

Ta’kidlanishicha, diplomatik aloqalar uzilishiga qaramay, ikki davlat konsulxonalari xizmat berishni davom ettiradi.

Marokash hukumati mavzu haqida biron rasmiy bayonot bermadi.

Marokash podshohligi Jazoir bilan sharqda va janubi-sharqda chegaralarga ega. Oxirgi o‘n yillar davomida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar tarang ko‘rinish olgan. Ekspertlarning ta'kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi asosiy tortishuv G‘arbiy Sahroi Kabir muammosi hisoblanadi. Qo‘shni davlatlar bu hudud bo‘yicha qarama-qarshi pozitsiyaga ega.

Jazoir, shuningdek, Marokashni ikki terror tashkilot - Jazoir hududida harakat qiluvchi Qabiliya muxtoriyati uchun harakat va “Rashod” harakatini qo‘llab-quvvatlashda ayblagan.

Marokash shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatida Jazoirning qo’li borligini iddao qilgan Marokash hukumati 1994 yil avgustda Jazoir fuqarolaridan viza talab qila boshlagandi. Jazoir Marokashning ushbu munosabatiga qarshi 1994 yil sentyabrda ikki davlat o’rtasidagi chegaralarni yopgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Marokash , #Jazoir

Aloqador xabarlar