Haitida zilzila qurbonlari soni 2207 nafarga yetdi

Tabiiy ofat oqibatida 344 nafardan ko'proq inson bedarak yo'qolgan, 7 mingga yaqin odam jabrlangan, 100 mingdan ko‘proq uy vayron bo‘lgan.

1695909
Haitida zilzila qurbonlari soni 2207 nafarga yetdi

 

Haitida 14 avgustda yuz bergan vayronkor zilzila qurbonlari soni 2207 nafarga yetdi. Bu haqda Fuqarolar xavfsizligini saqlash bo'yicha agentlik ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, zilzilada qurbonlar soni 2207 nafarga yetdi, yaradorlar soni 12 ming 268 nafarni tashkil qildi.

Hukumat halok bo‘lganlar soni oshishi mumkinligidan xavotirda va mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qilindi.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 344 nafardan ko'proq inson bedarak yo'qolgan, 7 mingga yaqin odam jabrlangan, 100 mingdan ko‘proq uy vayron bo‘lgan. 

Eng ko‘p halok bo‘lganlar Janubiy departamentda qayd qilingan. Bu yerda mingdan ko‘proq odam ofat qurboniga aylangan.

Haiti bosh vaziri Ariel Anri tabiiy ofat qurbonlari xotirasiga 17 avgustdan mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qilgan.

Shuningdek, mamlakatda bir oyga favqulodda holat kiritilgan.  

Harobalar tagida qidiruv-qutqaruv harakati davom etmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Haiti

Aloqador xabarlar