Shtaynmayer: Afg‘oniston aeroportidagi ko‘rinishlar G‘arb siyosati uchun sharmandali holat

Shtaynmayer poytaxt Berlinda bergan bayonotida, Kobuldagi ko‘rinishlar bilan Afg‘onistondagi voqealarga hech kimning befarq qololmasligini qayd etdi.

1692709
Shtaynmayer: Afg‘oniston aeroportidagi ko‘rinishlar G‘arb siyosati uchun sharmandali holat

Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, Afg‘oniston aeroportidagi chorasizlik ko‘rinishlarini “G‘arb siyosati uchun sharmandali holat”. - deb baholadi.

Shtaynmayer poytaxt Berlinda bergan bayonotida, Kobuldagi ko‘rinishlar bilan Afg‘onistondagi voqealarga hech kimning befarq qololmasligini qayd etdi.

Shtaynmayer,

“Kobul aeroportidagi chorasizlik ko‘rinishlari G‘arb siyosati uchun sharmandali holatdir”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident Shtaynmayer Afg‘oniston hukumatining tez qulashi va Tolibonning qarshilik ko‘rsatilmay mamlakat yetakchiligini egallab olishi, kelajakda uzoq muddatli natijalar qoldirishi mumkinligini ifoda etar ekan, Afg‘onistonda ko‘p yillar davom etgan urinishlar muvaffaqiyatsizligining “asosiy savollarini” kun tartibiga tashiganini ta’kidladi.

Shtaynmayerning ta’kidlashicha, bu savollarga tezlik bilan emas to‘g‘ri javob berilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Tolibon bir kun oldin bir necha oydan beri ko‘plab viloyatini bosib olgan Afg‘oniston poytaxti Kobulni bosib olgandi.

 



Aloqador xabarlar