Putin, dengiz qaroqchiligiga qarshi kurashda BMT tashabbuslarini qo'llab –quvvatlashlari kerak

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin,  mamlakatlar dengiz qaroqchiligiga qarshi kurashda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashabbuslarini qo'llab –quvvatlashlari kerakligini aytdi.

1688543
Putin, dengiz qaroqchiligiga qarshi kurashda BMT tashabbuslarini qo'llab –quvvatlashlari kerak

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin,  mamlakatlar dengiz qaroqchiligiga qarshi kurashda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashabbuslarini qo'llab –quvvatlashlari kerakligini aytdi.

Putin Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi (BMT Xavfsizlik Kengashi) doirasida "Dengiz xavfsizligini mustahkamlash: xalqaro hamkorlik zarurati" mavzusidagi konferentsiyada videokonferensaloqa orqali gapirdi.

Dengiz yo'llarida ko'plab tahdidlar borligini aytgan Putin, dengiz qaroqchiligi muammosiga qarshi kurashish muhimligini ta'kidladi.

Putin,  suverenitetni hurmat qilish, ichki ishlarga aralashmaslik va nizolarni muloqot yo'li bilan hal qilish kabi xalqaro huquqiy me'yorlarni amalga oshirish tarafdori ekanligini bildirdi.

"Bu masalada muvaffaqiyatga erishish uchun barcha tegishli davlatlar, xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalarning tashabbuslari BMT va BMT Xavfsizlik Kengashining muvofiqlashtirilishi doirasida kuchaytirilishi kerak", dedi u.

Dengiz xavfsizligini himoya qilish va mustahkamlash borasida BMT platformasida ekanliklariga ishora qilgan Putin, Fors ko'rfazi va Gvineya ko'rfazida xavfsizlikni ta'minlash uchun tashabbus ko'rsatayotganlarini bildirdi. 

Putinning ma'lum qilishicha, ba'zi mamlakatlar qaroqchilar va terrorchilarga qarshi   yolg’iz boshiga tura olmaydi, shuning uchun BMT rahbariyatida barcha tegishli davlatlarning kuch salohiyatini birlashtirish kun tartibida.

Bu borada tajriba almashishga tayyor ekanliklarini bildirgan Putin, BMT doirasida turli mintaqalardagi dengiz muammolari bilan bevosita kurashadigan maxsus tuzilma tuzilishi kerakligini ta'kidladi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qoraqchi , #Dengiz , #Putin , #Rossiya

Aloqador xabarlar