Papa Fransiskga ichida 3 oʻq bor konvert yuborildi

Katoliklar cherkovi rahbari papa Fransiskga ichida 3 oʻq bor konvert yuborildi.

1688553
Papa Fransiskga ichida 3 oʻq bor konvert yuborildi

Katoliklar cherkovi rahbari papa Fransiskga ichida 3 oʻq bor konvert yuborildi.

Italiyaning Milan shahri yaqinidagi pochtaga yetib kelgan konvert ichidan 3 dona, 9 millimetrli oʻq bilan Vatikandagi moliyaviy operatsiyalar toʻgʻrisida bir maktub topildi.

Papa Fransisga yuborilgan konvertni topgan pochta xodimlari vaziyatni darhol politsiyaga bildirdi.

Politsiya konvertni olib, voqea ustidan tergov ishlari boshlatdi.

Konvertning Fransiyadan yuborilgani va ustiga qoʻl bilan “Papa, Vatikan shahri, Aziz Petr maydoni, Rim”. - deb manzil yozilgani ma’lum qilindi.

Vatikandan hozircha mavzuga doir hech qanday bayonot berilmadi.


Tanlangan kalimalar: #Italiya , #papa Fransisk , #Katoliklar , #konvert

Aloqador xabarlar