Afg‘oniston Mudofaa vazirining uyiga hujum sodir etildi

Afg‘oniston Mudofaa vaziri general Bismilla Xon Muhammadiyning Kobuldagi uyi yonida portlash yuz berdi. Portlash oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi yaralandi. Vazir va uning oila-a’zolariga zarar yetmagan.

1685373
Afg‘oniston Mudofaa vazirining uyiga hujum sodir etildi

 

Kecha, 3 avgust kuni Afg‘oniston Mudofaa vaziri general Bismilla Xon Muhammadiyning Kobuldagi uyi yonida portlash yuz berdi. Portlash oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi yaralandi.

Bu haqda ichki ishlar vazirligi kotibi Mirveyis Staniksey matbuotga bergan brifingda ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, dastlab Mudofaa vazirining uyi yaqinida mashina portlatilgan, shundan so‘ng uning uyiga bir nechta qurollangan odamlar bostirib kirgan va o’q uza boshlagan. Ushbu portlashni uyushtirganlar 4 kishi bo‘lgan va ularning hammasi o‘ldirilgan. Shuningdek, vazir Bismilla Xon Muhammadiy va uning oila-a’zolariga zarar yetmagan.

Atrofdagi uylarda yashovchi aholi evakuatsiya qilingan.

Guvohlarning aytishicha, voqeada halok bo’lganlar soni 10 nafardan ko’p.

Ushbu terrorchilik harakati kimlar tomonidan sodir etilgani ma’lum emas. Hozircha hech bir terror guruhi buni zimmasiga olmagan.

Portlashning kuchli bilan vazirning uyi atrofidagi ko’plab uy va ishxonalar zarar ko’rgan.

Kobulning eng xashamatli dahalaridan biri bo’lgan Shir Purda bir qancha vazir va deputatlar istiqomat qiladi.


Tanlangan kalimalar: #Bismilla Xon Muhammadiy , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar