Yevropa Ittifoqi uchun Pfizer va Moderna vaksinalarining narxi oshirildi

Pfizer o‘z vaksinasi narxini 25 foizdan ko‘proqqa oshirdi — bitta doza narxi 15,5 yevro (18,4 dollar)dan 19,5 yevro (23,7 dollar)ga yetdi. Yevropa Ittifoqi vaksinalarni oshirilgan narxlarda sotib olishga rozi bo‘ldi.

1684397
Yevropa Ittifoqi uchun Pfizer va Moderna vaksinalarining narxi oshirildi

 

AQShning Pfizer va Moderna kompaniyalari o‘zlarining koronavirusga qarshi vaksinalari narxini Yevropa Ittifoqi uchun oshirdi.

Pfizer o‘z vaksinasi narxini 25 foizdan ko‘proqqa oshirdi — bitta doza narxi 15,5 yevro (18,4 dollar)dan 19,5 yevro (23,7 dollar)ga yetdi. Moderna preparatining narxi 12 foizdan ko‘proqqa oshirildi. So‘nggi shartnomalarda uning bir dozasi narxi 25,5 dollar (21,5 yevro)ni tashkil qiladi. Manbalarga ko‘ra, ilgari uning narxi 22,6 dollar (19 yevro) bo‘lgan.

Ma'lumotga ko'ra, Yevropa Ittifoqi vaksinalarni oshirilgan narxlarda sotib olishga rozi bo‘lgan.

2023-yilgacha 2,1 milliard dozagacha vaksina yetkazib berishni ko‘zda tutuvchi 2021-yilda tuzilgan shartnomalar shartlari mazkur vaksinalarning uchinchi bosqich sinovlariga oid ma’lumotlar taqdim etilgandan so‘ng qayta ko‘rib chiqildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mRNK vaksinalari (Pfizer va Moderna) AstraZeneca va Johnson & Johnson tomonidan ishlab chiqilgan arzonroq (vektorli) vaksinalarga qaraganda yuqori samaradorlikka ega.

Rossiyaning koronavirusga qarshi eng ko‘p qo‘llaniladigan “Sputnik V” vaksinasi narxi ichki bozor uchun 900 rublni (12 dollar) tashkil qiladi (xarajatlar davlat tomonidan to‘lanadi). Boshqa mamlakatlar uchun har bir doza narxi taxminan 10 dollar.

Boshqa COVID-19 vaksinalari narxi 2 dollardan (AstraZeneca) 37 dollargacha (Moderna). Shu bilan birga, yetkazib berish narxi har bir mamlakat uchun turlicha bo‘lishi mumkin.

Masalan, Janubiy Afrika AstraZeneca’ning bir dozasi uchun 5,25 dollar to‘lagan — bu Yevropa Ittifoqi to‘lagan narxdan qimmat. Airfinity tahlilchi firmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Pfizer va Moderna vaksinalarini, asosan, badavlat mamlakatlar sotib olmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi , #Moderna , #Pfizer , #vaksina

Aloqador xabarlar