AQSh qo'shinlarining Afg'on tarjimonlari va yordamchilari oila a'zolari bilan AQShga yo'l olishdi.

Afg'onistonda AQSh qo'shinlarining Afg'on tarjimonlari va  yordamchilari oila a'zolari bilan AQShga yo'l olishdi.

1682956
AQSh qo'shinlarining Afg'on tarjimonlari va yordamchilari oila a'zolari bilan AQShga yo'l olishdi.

Afg'onistonda AQSh qo'shinlarining Afg'on tarjimonlari va  yordamchilari oila a'zolari bilan AQShga yo'l olishdi.

2500 kishi, tarjimonlar va ularning oila a'zolari, maxsus immigratsion viza (SIV) jarayoni tugaguncha, vaqtincha poytaxt Vashington yaqinidagi Fort Li harbiy bazasida qoladi.

2009 yildan buyon Afg'onistonda AQSh hukumati va AQSh kuchlari bilan ishlagan  odamlar uchun SIV dasturi immigratsiya va yashash uchun arizalarni tez va maxsus tarzda  yakunlanishi uchun  yordam beradi.

AQSh Davlat departamenti ma'lumotlariga ko'ra, 2008 yildan buyon 70 mingga yaqin afg'on maxsus SIV vizasi bilan AQShda joylashgan.

"Hech kim qolmaydi" nodavlat tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, shu paytgacha Afg'onistonda AQSh armiyasi va hukumati bilan ishlagan  300 ga yaqin afg'on tarjimoni o'ldirilgan.

Ayni paytda, may oyining boshida boshlangan AQSh qo'shinlarining Afg'onistondan chiqarilishi 95 foizga bajarilgani taxmin qilinmoqda.

Afg'onistonda tinchlik jarayoni noaniq qolsa -da, xavfsizlik kuchlari va Tolibon o'rtasida  shiddatli  to'qnashuvlar davom etmoqda.

Tolibon 407 ta tumanning 150 dan ortig'ini, shu jumladan markazlarini egallab oldi. Tolibonlar, aksincha, ularning nazorati ostidagi tuman markazlari soni 260 dan oshganini ta'kidlaydilar.

Mamlakatda 34 viloyat markaziy hukumat kuchlari nazoratida.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Boshpana , #Tarjimon , #Afg'on , #AQSh

Aloqador xabarlar