Pokiston afg'on armiyasining46 a'zosiga boshpana va Pokistonga xavfsiz o'tishiga ruxsat  berdi

Pokiston afg'on armiyasi va chegara politsiyasining 46 a'zosiga boshpana izlovchi maqomini va Pokistonga xavfsiz o'tishiga ruxsat  berdi.

1680334
Pokiston afg'on armiyasining46 a'zosiga boshpana va Pokistonga xavfsiz o'tishiga ruxsat  berdi

Pokiston afg'on armiyasi va chegara politsiyasining 46 a'zosiga boshpana izlovchi maqomini va Pokistonga xavfsiz o'tishiga ruxsat  berdi.

Pokiston armiyasi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (ISPR) tomonidan berilgan bayonotda afg'on xavfsizlik kuchlari xodimlari kecha Xayber Paxtunxva viloyatidagi Arandu shahri chegarasiga borganligi bildirdi.

Bayonotda, 46 askar va politsiyachining mamlakatdagi xavfsizlik holati sababli Pokiston-Afg'oniston xalqaro chegarasida o'z vazifalarini davom ettira olmaganlari uchun  ular Pokiston armiyasidan boshpana maqomi va xavfsiz o'tishiga ruxsati so'raganligi qayd etildi.

Afg'oniston hukumati bilan aloqa o'rnatgandan so'ng, Pokiston armiyasi boshpana izlovchi maqomini va Afg'oniston armiyasining 46 a'zosi va chegara politsiyasiga, shu jumladan 5 zobitga Pokistonga xavfsiz o'tish huquqini berdi.

Bayonotda afg'on askarlari va politsiyasi oziq-ovqat, boshpana va kerakli tibbiy yordam bilan ta'minlanganligi va zarur jarayondan so'ng bu odamlar Afg'oniston hukumati rasmiylariga yuborilishi qayd etilgan.

Pokiston xuddi shu tarzda 1 iyulda 35 afg'on askariga xavfsiz o'tish ruxsati bergan edi.

Afg'onistonda  tinchlik jarayoni  va noaniqlik davom etar ekan, xavfsizlik kuchlari va Tolibon o'rtasida shiddatli to'qnashuvlar davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Boshpana izlovchi , #Aramiya , #Afg'on , #Pokiston

Aloqador xabarlar