Pedersen: “Suriyadagi 10 kishidan 9 nafari umrini qashshoqlik bilan oʻtkazmoqda”.

Geyr Pedersen Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Rossiya poytaxti Moskvadagi uchrashuvidan oldin bayonotlar berdi.

1678968
Pedersen: “Suriyadagi 10 kishidan 9 nafari umrini qashshoqlik bilan oʻtkazmoqda”.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Suriya boʻyicha maxsus vakili Geyr Pedersen Suriyadagi iqtisodiy vaziyatning oʻta ogʻir ekanini belgilab oʻtgan holda:

“Suriyadagi 10 kishidan 9 nafari umrini qashshoqlik bilan oʻtkazmoqda”. - dedi.

Geyr Pedersen Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Rossiya poytaxti Moskvadagi uchrashuvidan oldin bayonotlar berdi.

Pedersen Suriyadagi iqtisodiy vaziyatga baho berar ekan:

“Suriyadagi iqtisodiy vaziyat oʻta ogʻir. U yerda 10 kishidan 9 nafari umrini qashshoqlik bilan oʻtkazmoqda”. - dedi.

Pedersen Suriyaning taxminan 3 mintaqaga boʻlinganiga e’tibor qaratgan holda:

“Bularning hammasini oʻzgartirish kerak lekin buni amalga oshirish uchun avvalom bor BMTXKning 2254-sonli qarorini qanday yoʻlga qoʻyishimizni belgilab olishimiz lozim”. - deya gapirdi.

Nomi tilga olingan qarorni insoniy masalalarga moslashtirish muhimligiga e’tibor qaratgan Pedersen, BMTning bu borada qoʻlidan kelganicha harakat qilishini bildirdi.

Lavrov ham ushbu uchrashuvning ahamiyatini ta’kidlagan holda:

“Bu ayniqsa, Suriya Konstitutsiyaviy qoʻmitasi yigʻilishining yaqinda oʻtkazilishi umidi bilan vaziyatni baholash va kelajakni taxmin qila olish uchun bir imkondir”. - dedi.

 



Aloqador xabarlar