Germaniyada sodir bo'lgan sel falokatida 42 kishi halok bo'ldi

Germaniyada kuchli yomg‘ir va suv toshqini natijasida kamida yetti kishi halok bo‘ldi, taxminan 50-60 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Germaniyaning 1-telekanali ARD xabar berdi.

1676034
Germaniyada sodir bo'lgan sel falokatida 42 kishi halok bo'ldi

 

Germaniyada kuchli yomg‘ir va suv toshqini natijasida kamida 42 kishi halok bo‘ldi, taxminan 50-60 kishi bedarak yo‘qoldi.

Bu haqda Germaniyaning 1-telekanali ARD xabar berdi. 

Xabarga ko'ra, Bernd sikloni tufayli joriy yilning 12 iyul kuni mamlakatga kuchli yomg‘ir yoqqan. Tabiiy ofat tufayli asosan  Germaniyaning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy mintaqalariga katta talofat yetgan, ko‘chalar suv ostida qolib ketgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Reynland-Pfalsdagi Arvayler okrugida to‘rt kishi halok bo‘lgan, shuningdek, 2 nafar qutqaruvchi selda g'arq bo'lgan. Adenau shahri yaqinidagi Shuld kommunasida oltita uy vayron bo‘lgan, 50-60 kishi bedarak yo‘qolgan.

Bundan tashqari, yana 25 ta bino vayron bo‘lish xavfi ostida. Politsiya hali ham bedarak yo‘qolganlarning aniq sonini o‘rganmoqda. 

Mamlakatda 200 ming kishi elektrdan mahrum bo'lgan. Qidiruv-qutqaruv faoliyatlariga 300 askar jalb etilgan. 

Suv toshqinlari Niderlandiya va Belgiyada ham sodir bo‘ldi. Belgiyada 7 kishi sel tufayli halok bo'ldi. Mamlakatning Liège shahrida minglab aholi evakuatsiya qilindi.  

 


Tanlangan kalimalar: #sel , #Germaniya

Aloqador xabarlar