Xitoyda mehmonxona qulab tushishi oqibatida qurbonlar soni 17 nafarga yetdi

Harobalar tagida olib borilayotgan qidiruv-qutqaruv faoliyatlari yakunlandi. Mahalliy vakillarning ma’lum qilishicha, harobalar tagidan 17 kishining jasadi olib chiqilgan.

1675120
Xitoyda mehmonxona qulab tushishi oqibatida qurbonlar soni 17 nafarga yetdi

 

Xitoy sharqidagi Szyansu provinsiyasida mehmonxona qulab tushishi oqibatida qurbonlar soni 17 nafarga yetdi.

Harobalar tagida olib borilayotgan qidiruv-qutqaruv faoliyatlari yakunlandi.

Mahalliy vakillarning ma’lum qilishicha, harobalar tagidan 17 kishining jasadi olib chiqilgan. 6 kishi qutqarilgan. Ular shifoxonaga yetkazilgan.

Ta’kidlanishicha, qutqaruv ishlariga 600 dan ortiq mutahassis, shu jumladan qutqaruv guruhlari va 120 ta avtomobil safarbar qilingan. Qutqaruvchilar tirik qolganlarni topish uchun kranlar, narvonlar, metall kesuvchi dastgohlar va qidiruv itlaridan foydalanishgan. 

Binoning qulashi sabablari aniqlanmagan. Voqea yuzasidan tergov harakati olib borilmoqda.

12 iyul kuni qulab tushgan 54 xonadan iborat mehmonxona 2018 yilda xizmatga topshirilgani qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Szyansu provinsiyasi , #mehmonxona , #Xitoy

Aloqador xabarlar