Gaiti prezidenti Jovenel Moiz o‘ldirilishidan oldin qiynoqqa solingan

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Gaiti hukumati vakillari prezidentga suiqasd bo’yicha tergov natijalarini e’lon qildi. Medekspertiza xulosasiga ko’ra, prezidentning qo’li va o’ng oyog’i singan.

1673575
Gaiti prezidenti Jovenel Moiz o‘ldirilishidan oldin qiynoqqa solingan

 

Gaiti Prezidenti Jovenel Moizning o’ldirilishidan oldin uning qiynoqqa solingani ma’lum bo’ldi.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Gaiti hukumati vakillari prezidentga suiqasd bo’yicha tergov natijalarini e’lon qildi.

Tergovni boshqarayotgan sudyalardan biri Karl Genri Destinning so’zlariga ko’ra, Gaiti Prezidenti Jovenel Moiz o’ldirilishidan oldin qiynoqqa solingan. Qizi voqea joyidan qochishga muvaffaq bo’lgan. O’g’li va xizmatchilarining og’zi bog’langan.

Medekspertiza xulosasiga ko’ra, prezidentning qo’li va o’ng oyog’i singan.

Gaiti politsiyasi boshlig‘i Leon Sharl ma’lum qilishicha, Gaiti prezidentiga suiqasd sodir etgan qurolli otryad tarkibida kamida 26 nafar Kolumbiya fuqarosi va asli gaitilik bo’lgan ikki nafar AQSh fuqarosi o’rin olgan. Voqea joyida sodir bo’lgan otishmalarda ulardan 10 nafari o’ldirilgan. 19 nafari qo’lga olingan. Ular orasida 17 nafari kolumbiyalik hisoblanadi.

Eslatish joizki, Gaiti Prezidenti Jovenel Moiz 7 iyulga o‘tar kechasi Gaiti poytaxti Port-o-Prinsdagi qarorgohida o‘ldirildi. Uning rafiqasi o‘qotar quroldan jarohat oldi va dastlab mahalliy shifoxonaga yotqizildi, keyinchalik davolanish uchun AQShga yuborildi.

Gaiti Senati o‘z spikeri Jozef Lamberni Respublikaning muvaqqat Prezidenti deb e’lon qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Jovenel Moiz , #Gaiti

Aloqador xabarlar