Avstraliya harbiylari Afg‘onistonni to‘liq tark etishdi

Bu haqda 11 iyul kuni mamlakat mudofaa vazirligi rahbari Piter Datton ma’lum qildi. “Avstraliya 20 yil davom etgan Afg’oniston urushiga yakun yasadi”,-dedi u.

1673559
Avstraliya harbiylari Afg‘onistonni to‘liq tark etishdi

 

Avstraliyaning barcha harbiy qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etdi.

Bu haqda 11 iyul kuni mamlakat mudofaa vazirligi rahbari Piter Datton ma’lum qildi. 

“Avstraliya 20 yil davom etgan Afg’oniston urushiga yakun yasadi”,-dedi Piter Datton.

Uningning ta’kidlashicha, so‘nggi 20 yil ichida Afg‘onistondagi harbiy kampaniyada 39 mingdan ziyod avstraliyalik harbiylar qatnashgan, ammo so‘nggi yillarda kontingent 1,5 ming askar va ofitserdan 80 kishiga qisqartirilgan.

Dattonga ko‘ra, Avstraliya kuchlari mamlakatdan chiqarilgani bilan terrorizmga qarshi kurashda Kobulning ittifoqchisi bo‘lib qolaveradi. 

“Ayni paytda ushbu harbiy kampaniya yakunlandi. Biroq, bu bizning milliy manfaatlarimizga yoki ittifoqchilarimiz manfaatlariga javob berishini ko’zlagan holda,  AQSH bilan boshqa kampaniyalarda qatnashmaymiz, yoki boshqa maxsus kuchlarni jalb qilmaymiz, degani emas”, -deydi Piter Datton.

Joriy yilning 6 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 90 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketdi.

Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. AQSh kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, Italiya va Germaniya kuchlari ham mamlakatni butunlay tark etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Avstraliya

Aloqador xabarlar