Kobuldagi aeroportda havo hujumidan mudofaa tizimi o‘rnatildi

Afg‘oniston hukumati Kobuldagi Hamid Karazay nomidagi xalqaro aeroport hududida havo hujumidan mudofaa qiluvchi yangi  tizimni o‘rnatdi. Bu haqda Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Tarik Arjen ma'lum qildi.

1673554
Kobuldagi aeroportda havo hujumidan mudofaa tizimi o‘rnatildi

 

Afg‘oniston hukumati Kobuldagi Hamid Karazay nomidagi xalqaro aeroport hududida havo hujumidan mudofaa qiluvchi yangi  tizimni o‘rnatdi. Bu haqda Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Tarik Arjen ma'lum qildi.

Havodan mudofaa tizimi o‘tgan kecha mamlakatda kuchayib borayotgan ziddiyatlar va “Tolibon” harakatining faollashuvi fonida o‘rnatildi va ishga tushirildi. Tizim raketalarni zararsizlantirishga yordam beradi. Arjenning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari o‘z hayotlari evaziga mamlakatni himoya qilishga tayyor.

Kobuldagi Hamid Karzay xalqaro aeroporti mamlakatning tashqi dunyoga yo‘l ochadigan asosiy eshigi hisoblanadi. Kobul markazidan 5 kilometr uzoqlikda joylashgan aeroport 1960 yillarda sobiq Sovet mutaxassislari tomonidan qurilgan bo‘lib, Afg‘onistonning ichki va tashqi siyosati uchun muhim o'rin egallaydi.

Sobiq Sovet Ittifoqi harbiylari Afg‘onistonga kirib kelgan davrda (1979-1989) ushbu aeroportdan ham faol foydalanilgan. 1992 yilda Mujohidlar havo portini egallab olgan. 1996 yilda toliblar Kobul ustidan nazorat o‘rnatgan va 2001 yilgacha, AQSH bu mamlakatga bostirib kirgunga qadar aeroportni ham nazorat qilgan. Toliblar nazorati davrida aeroport sanksiyalar tufayli amalda ishlatilmagan va tashlandiq holatga kelib qolgan.

NATOdan keyingi davrda ushbu havo portining ahamiyati yanada oshadi, chunki ko‘plab xorijliklar Afg‘oniston bilan aloqalarni saqlab qolish masalasini ushbu mamlakat bilan aloqa xavfsizligi bilan bog‘lashadi. Aeroport xavfsizligi Afg‘oniston havo kuchlari va vaqti-vaqti bilan xorijiy harbiy xizmatchilar tomonidan ta’minlanadi.

“Tolibon” rahbarlari avvalroq “butun Afg‘oniston hududi, shu jumladan aeroportlar afg‘onlar nazorati va ma’muriyati ostida bo‘lishi kerak”ligini aytgan edi.

Avvalroq rasmiy Vashington katta ehtimol bilan Afg‘onistondagi mingga yaqin harbiylarini AQSH elchixonasi va Kobuldagi aeroportni qo‘riqlash uchun qoldirishi haqida xabar berilgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston

Aloqador xabarlar