Gaiti prezidenti o‘z qarorgohiga sodir etilgan hujum oqibatida halok bo‘ldi

Mahalliy manbalarda yoritilgan xabarlarga ko'ra, seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar Moizning qarorgohiga hujum qilgan.

1671517
Gaiti prezidenti o‘z qarorgohiga sodir etilgan hujum oqibatida halok bo‘ldi

 

Gaiti prezidenti Jovenel Moiz noma'lum shaxslarning hujumi oqibatida halok bo‘ldi. 

Mahalliy manbalarda yoritilgan xabarlarga ko'ra, seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar Moizning qarorgohiga hujum qilgan. 

Hujum vaqtida prezident o‘tochar quroldan olingan jarohat oqibatida halok bo‘lgan.

Mamlakatdagi vaziyat Gaiti milliy politsiyasi va qurolli kuchlari nazoratida ekani aytilmoqda.

Gaiti bosh vaziri Klod Jozef mamlakat aholisini osoyishtalikni saqlashga chaqirgan.


Tanlangan kalimalar: #Jovenel Moiz , #Gaiti

Aloqador xabarlar