Yaponiyada ro'y bergan ko‘chki oqibatida 20 kishi bedarak yo‘qoldi

Yaponiyaning Atami shahrida 3 iyul kuni yuz bergan tabiiy ofat sababli kamida 130ta uy vayron bo’ldi. Vayronalar tagidan yana 3 kishining jasadi topildi. Qurbonlar soni 7 nafarga yetdi.

1671196
Yaponiyada ro'y bergan ko‘chki oqibatida 20 kishi bedarak yo‘qoldi

 

Yaponiyaning Atami shahrida 3 iyul kuni yuz bergan ko‘chkidan keyin qidiruv-qutqaruv faoliyatlari hamon davom etmoqda.

Poytaxt Tokioning janubi g’arbidagi Sidzuoka prefekturasida joylashgan shaharda davomli yog‘ingarchilikdan keyin ko‘chki yuz bergandi. Tabiiy ofat sababli kamida 130ta uy vayron bo’ldi. Vayronalar tagidan yana 3 kishining jasadi topildi. Qurbonlar soni 7 nafarga yetdi. Kamida 20 kishi bedarak yo‘qolgani taxmin qilinmoqda.

Atami shahrida olib borilayotgan qidiruv-qutqaruv faoliyatlariga o’t o’chiruvchilar xizmati, politsiya va harbiylar jalb etilgan. Ular tuproq tagida qidiruv ishlarini olib borishmoqda.

Yaponiyada hozirda yomg‘irlar mavsumi davom etmoqda. U odatda 7 iyundan 20 iyulgacha davom etadi.


Tanlangan kalimalar: #ko'chki , #Yaponiya

Aloqador xabarlar