AQSh harbiylari Bagram harbiy bazasini ogohlantirishsiz tunda tark etishgan

“Amerikaliklar Bagram harbiy bazasini tark etgani haqida gaplar tarqaldi, soat 7:00da esa ular haqiqatan ham aviabazadan ketganini aniqladik”, -deb aytgan aviabazaning yangi qo‘mondoni Mir Asadulla Kohistoniy.

1670911
AQSh harbiylari Bagram harbiy bazasini ogohlantirishsiz tunda tark etishgan

 

AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondagi eng yirik aviabaza Bagramni bazaning yangi afg‘on qo‘mondonini ogohlantirmasdan, tunda tark etishgan. Yangi qo‘mondon Mir Asadulla Kohistoniy amerikaliklar aviabazani tark etganini 2 soat o‘tib aniqlagan.

“Amerikaliklar Bagram harbiy bazasini tark etgani haqida gaplar tarqaldi, soat 7:00da esa ular haqiqatan ham aviabazadan ketganini aniqladik”, -deb aytgan aviabazaning yangi qo‘mondoni Mir Asadulla Kohistoniy.

Harbiylardan birining ta'kidlashicha, amerikaliklar aviabazani tark etgandan 20 daqiqa o‘tib, u yerda elektr toki o‘chirilgan. Bu esa bosqinchilarni o‘ziga jalb qilgan va ular bazaga kirib, u yerni talon-toroj qilishgan.

Ta'kidlanishicha, amerikalik harbiylar bazani tark etgandan 3 kun o‘tib, ya'ni 5 iyulda ham afg‘on askarlari bazada bosqinchilar tomonidan qoldirilgan chiqindilarni tozalashni davom ettirishgan. 

2 iyulda amerikalik harbiylar Bagram harbiy bazasini tark etgani ma'lum qilingandi.  

Bagram aviabazasi Kobul shimolida joylashgan bo‘lib, 1979-1989 yillardagi afg‘on urushi vaqtida sobiq ittifoq qo‘shinlari tomonidan qo‘llanilgan. U AQSh 2001 yilda Afg‘onistonga bostirib kirgandan keyin amerikalik harbiylarning asosiy bazasiga aylangandi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Bagram aviabazasi , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar