Jyeff Bezos Amazon bosh direktori lavozimini tark etdi

Kompaniya rahbari vakolatlari Amazon Web Services’ga rahbarlik qilgan Endryu Jyessiga o‘tdi. Biroq, Bezos kompaniya boshqaruv raisi sifatida o'z faoliyatini davom ettiradi.

1670314
Jyeff Bezos Amazon bosh direktori lavozimini tark etdi

 

Jyeff Bezos kecha, 5 iyul kuni o‘zi asos solgan Amazon kompaniyasi bosh direktori lavozimini tark etdi.

Kompaniya rahbari vakolatlari Amazon Web Services’ga rahbarlik qilgan Endryu Jyessiga o‘tdi. Biroq, Bezos kompaniya boshqaruv raisi sifatida o'z faoliyatini davom ettiradi.

"Bosh direktor lavozimi ko‘p kuch va g‘ayrat, katta mas'uliyat talab qiladi va boshqa loyihalar uchun vaqt qoldirmaydi",-deydi Jyeff Bezos.

Shu sababli, milliarder o‘z lavozimini tark etishini, boshqa loyihalarga, jumladan, o‘zi asos solgan Blue Origin aerokosmik kompaniyasiga ko‘proq vaqt ajratmoqchi ekanligini ma'lum qildi.

Ta'kidlab o‘tish joizki, Bezos kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan New Shepard kemasida 20 iyulda fazoga yo‘l oladi.

Amazon kompaniyasi 1994 yilda Sietlda kitoblar sotish bilan shug‘ullanuvchi onlayn platforma sifatida tashkil etilgan. O‘sha vaqtdan beri u elektron tijorat bozoridagi yetakchi kompaniyalardan biriga aylandi.

Ayni vaqtda Bezos dunyoning eng badavlat odamlari ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, uning boyligi 201,8 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.  


Tanlangan kalimalar: #Jyeff Bezos , #Amazon

Aloqador xabarlar