Filippinda harbiy yuk tashuvchi samolyot qulashi oqibatida 50 kishi halok bo'ldi

Filippin Qurolli Kuchlarining C-130 Hercules samolyoti kecha, mahalliy vaqt bilan soat 11:30da Sulu provinsiyasidagi Xolo orolida qo`nishga kirishish chog`ida halokatga uchradi.

1669910
Filippinda harbiy yuk tashuvchi samolyot qulashi oqibatida 50 kishi halok bo'ldi

 

Filippinda harbiy yuk tashuvchi samolyot qulab tushishi oqibatida qurbonlar soni 50 nafarga yetdi.

Mamlakat Mudofaa vazirligi vakili general Korleto Vinluan xabariga ko`ra, dastlab voqea joyida 17 kishining jasadi topilgan. 49 kishi qutqarilib, turli jarohatlar bilan kasalxonalarga etkazilgan.

Vinluanning so`zlariga ko`ra, samolyot bortida odamlardan tashqari, beshta jangovar mashina ham bo`lgan.

Filippin Qurolli Kuchlarining C-130 Hercules samolyoti kecha, mahalliy vaqt bilan soat 11:30da Sulu provinsiyasidagi Xolo orolida qo`nishga kirishish chog`ida halokatga uchradi. Samolyot mintaqada terrorizmga qarshi kurash uchun harbiy xizmatchilarni orolga olib uchgan. Mudofaa vazirligi ma`lumotiga ko'ra, samolyot bortida 96 kishi bo'lgan. Ulardan 3 nafari uchuvchi, 5ta ekipaj va 88 ta harbiy xodim bo`lgan.

Guvohlarning aytishicha, hodisa yuz berishidan oldin bir necha harbiy samolyotdan sakrashgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, qo`nishga urinish chog`ida samolyot balandligini yo`qotgan va uchish-qo`nish yo`lagigacha borib etmagan. Qulab tushganidan keyin samolyot yonib ketgan, voqea joyida qutqaruvchilar va boshqa shoshilinch xizmatlar xodimlari ishlamoqda.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #samolyot halokati , #Filippin

Aloqador xabarlar