Tojikistonda 18 yoshdan kattalar koronavirusga qarshi majburiy emlanadi

Tojikistonda 18 yoshdan kattalarni koronavirusga qarshi emlash kampaniyasi 25 iyunda boshlandi. Mamlakatda AstraZeneca va "CoronaVac" vaksinalaridan foydalanilmoqda.

1669620
Tojikistonda 18 yoshdan kattalar koronavirusga qarshi majburiy emlanadi

 

Tojikistonda 18 yoshdan kattalar koronavirusga qarshi majburiy emlanishi e'lon qilindi. Bu haqda respublika epidemiyaga qarshi shtabi xabar berdi.

Xabarga ko'ra, emlash bepul amalga oshiriladi. Emlanmagan fuqarolar oilaviy shifokor yoki mahalliy tibbiyot muassasasiga murojaat qilishi mumkin.

Tojikistonga xorijiy mamlakatlardan kelganlar koronavirusga test topshirishi va 10 kun davomida izolyatsiyada bo‘lishi lozim.

Tojikistonda 18 yoshdan kattalarni koronavirusga qarshi emlash kampaniyasi 25 iyunda boshlandi. Mamlakatda AstraZeneca va "CoronaVac" vaksinalaridan foydalanilmoqda.

Tojikistonga mart oyida 192 ming doza Vaxzevria vaksinasi, iyunda Xitoyning Sinovac kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan CoronaVac vaksinasidan 300 ming doza yetkazilgandi. Yaqin kunlarda Rossiyaning Sputnik V vaksinasidan 100 ming doza yetkazilishi rejalanmoqda.

Mamlakatda vaksinatsiya kampaniyasi 22 martda boshlangan bo'lib, shu kungacha 280 ming kishi koronavirusga qarshi emlandi.

So'nggi ma'lumotga ko'ra, mamlakatda shu kungacha 92 kishi koronavirus tufayli vafot etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #vaksina , #Tojikiston

Aloqador xabarlar