Xalqaro harbiy kuchlar Afg'onistondagi Bagram havo harbiy bazasini bo’shatdi

Nemis harbiylarining oxirgi guruhi Afg‘onistonni 30 iyunda tark etdi. Germaniya mudofaa vaziri qo‘shinlarning mintaqadan olib chiqilishini “muhim tarixiy voqea” deb atadi.

1668570
Xalqaro harbiy kuchlar Afg'onistondagi Bagram havo harbiy bazasini bo’shatdi

 

Xalqaro harbiy kuchlarning Afg’onistonni tark etish jarayoni davom etar ekan, poytaxt Kobulga 50 km masofada joylashgan Bagram havo harbiy bazasi bo’shatildi.

Reuters xabar agentligining AQSh mudofaa vazirligi vakillariga tayanib bergan xabariga ko’ra, barcha xalqaro harbiy kuchlar Afg’onistondagi Bagram havo harbiy bazasini tark etishdi.

Mana shunday qilib, 11 sentyabr voqealaridan keyin Afg’onistonda boshlangan harbiy amaliyotlar 20 yildan so’ng o’z nihoyasiga yetmoqda.

Germaniya va Italiya Afg’onistondan barcha harbiylarini olib chiqib ketdi.

Nemis harbiylarining oxirgi guruhi Afg‘onistonni 30 iyunda tark etdi. Germaniya mudofaa vaziri qo‘shinlarning mintaqadan olib chiqilishini “muhim tarixiy voqea” deb atadi.

Ma’lumotga ko’ra, Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy amaliyotlarda 150 mingga yaqin nemis harbiy ishtirok etgan. Ular asosan Hindukush hududiga joylashgan. Amaliyot davomida 59 nafar nemis harbiy halok bo‘lgan.     

Italiya ham Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqib ketish operatsiyasini yakunladi.

Italiya NATOning Afg‘onistondagi missiyasi faol qatnashchilaridan biri bo‘ldi. Mamlakat  mudofaa vazirligining ma'lumot berishicha, Afg‘onistonda 20 yilga yaqin vaqt davomida Italiyaning 53 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan, 723 nafari yaralangan. Ushbu vaqt davomida 50 mingga yaqin italiyalik harbiy Afg‘onistonda xizmat qilgan.


Tanlangan kalimalar: #Bagram aviabazasi , #Afg'oniston , #AQSh

Aloqador xabarlar