Maldiv tashqi ishlar vaziri BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi raisi etib saylandi

BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi raisi etib saylangan Abdulla Shahid 14 sentyabr kuni lavozimni Bosh Assambleyaning amaldagi 75-sessiyasi raisi Volkan Bo‘zkirdan qabul qilib oladi.

1653617
Maldiv tashqi ishlar vaziri BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi raisi etib saylandi

 

Maldiv orollari tashqi ishlar vaziri Abdulla Shahid BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi raisi etib saylandi.

BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasiga raislik uchun ikkita nomzod bellashdi. Ular Maldiv orollari tashqi ishlar vaziri Abdulla Shahid va Afg’onistonning sobiq tashqi ishlar vaziri Zalmay Rasul edi. Ovoz berishda BMTga a’zo 193 davlat vakili ishtirok etdi.

Bosh Assambleyaning amaldagi 75-sessiyasi raisi Volkan Bo‘zkir ma’lum qilishicha, Maldiv orollari tashqi ishlar vaziri Abdulla Shahid nomzodiga 143ta, uning raqibi – Afg‘oniston vakili Zalmay Rasulga esa 48ta davlat vakili ovoz bergan.

Abdulla Shahid 14 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasiga raislik lavozimini Bosh Assambleyaning amaldagi 75-sessiyasi raisi Volkan Bo‘zkirdan qabul qilib oladi. U ushbu mas’uliyatli lavozimni 2022 yilning sentyabr oyiga qadar boshqaradi.

BMT Bosh Assambleyasining raisi bosh assambleya faoliyatlarini nazorat qiladi, umumiy sammit muzokaralarini boshqaradi. Shuningdek, har yili BMT byudjetini belgilaydi va uni nazorat qilib turadi.

 Bosh Assambleya raisi 5ta mintaqaviy guruh o‘rtasida rotatsiya asosida saylanadi.

Ma’lumot uchun, 59 yoshli Abdulla Shahid 1983 yilda Maldiv tashqi ishlar vaziri sifatida o’z faoliyatini boshlagan. U 1995 yilda prezident ma'muriyati rahbariga aylangan va ushbu lavozimda 10 yil faoliyat ko’rsatgan.

Abdulla Shahid 2007 yilda takror Maldiv tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan, 2018 yilda esa ushbu lavozimni ikkinchi marta egallagan. 



Aloqador xabarlar