Volkan Bo'zkir Bangladesh va Pokistonga tashrif buyuradi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi rahbari Volkan Bo'zkir Bangladesh poytaxti Dakkada mamlakat bosh vaziri Shayh Xasina va tashqi ishlar vaziri Abdul Momin bilan uchrashadi.

1645179
Volkan Bo'zkir Bangladesh va Pokistonga tashrif buyuradi

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi rahbari Volkan Bo'zkir 25-27 may kunlari Bangladesh va Pokistonga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.

Volkan Bo'zkir Bangladesh poytaxti Dakkada mamlakat bosh vaziri Shayh Xasina va tashqi ishlar vaziri Abdul Momin bilan uchrashadi. U tashrif doirasida Myanmadan Bangladeshga qochib kelgan arakanlik musulmonlar joylashgan Koks-Bazar lagerida bo’ladi va u yerdagi sharoit bilan tanishadi.

Volkan Bo'zkir Bangladeshga tashrifini yakunlab, Pokistonga jo’nab ketadi.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Bangladesh , #BMT , #Volkan Bo'zkir

Aloqador xabarlar