Isroil zarbalari oqibatida G’azodagi qurbonlar soni 221 nafarga yetdi

Isroil harbiy samolyotlari G’azodagi Shayh Ridvon mahallasida joylashgan uchta uyga raketa otdi. Zarbalarda “Quddus ovozi” radiosida faoliyat ko’rsatgan jurnalist Yusuf Abu Husayin halok bo’ldi.

1641976
Isroil zarbalari oqibatida G’azodagi qurbonlar soni 221 nafarga yetdi

 

Isroilning raketa zarbalari oqibatida G’azodagi qurbonlar soni 221 nafarga yetdi.

Isroil harbiy samolyotlari G’azodagi Shayh Ridvon mahallasida joylashgan uchta uyga raketa otdi.

Zarbalarda “Quddus ovozi” radiosida faoliyat ko’rsatgan jurnalist Yusuf Abu Husayin halok bo’ldi.

Shuningdek, G‘azodagi dunyoning yetakchi ommaviy axborot vositalari ofislari, apartamentlar va tijorat kompaniyalari joylashgan o‘n bir qavatli bino Isroil raketalari hujumi oqibatida vayron bo‘ldi.

G‘azo sektori jamoat ishlari va uy-joy qurilishi vazirligining ma'lumot berishicha, 10 maydan buyon G’azoda 500dan ortiq uy butunlay vayron bo‘lgan, 3 mingga yaqin uyga shikast yetgan. Jumladan, 16 qavatli "Ash-Shuruk", 14 qavatli Burj-Xanadi, 8 qavatli Burj al-Javhara inshootlari va sanoat banki binosi vayron qilingan.

So'nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Isroil zarbalari oqibatida halok bo’lgan falastinliklar soni 221 nafarga yetgan. Ulardan 63 nafari yosh bolalar, 36 nafari ayollardan iborat. 1500 kishi jarohatlangan. Isroil tomondan esa, 12 kishi halok bo‘lgan.


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Isroil

Aloqador xabarlar