Isroil armiyasining G‘azoga qarshi hujumlari davom etmoqda

Isroil armiyasining G‘azoga qarshi havo hujumlari 10 - maydan beri davom etmoqda.

1641222
Isroil armiyasining G‘azoga qarshi hujumlari davom etmoqda

Isroil armiyasining G‘azoga qarshi havo hujumlari davom etmoqda. G‘azoning turli mintaqalaridagi ba’zi tinch aholiga qaragan binolar, qishloq xo‘jaligi yerlari va xavfsizlik nuqtasiga bir necha bor havodan hujum uyushtirildi.

Isroil urush uchoqlari G‘azo shahrining g‘arbida joylashgan “Al - Ansar” hukumat majmuasidagi xavfsizlik markazlaridan biriga va ozod qilingan falastinlik mahbuslarga oid bir ofisni bombaladi.  

Isroil shuningdek, havo hujumlarida G‘azoning g‘arbidagi Al - Makvisi mahallasida bir uyni, sharqidagi Ash - Shujaiyya mahallasida joylashgan bir uy bilan bir kvartirani ham nishonga oldi.

Hujumlarda tan jarohati olganlar kasalxonaga yotqizildi.

G‘azoning shimolida esa Isroil armiyasi, raketa hujmi orqali qishloq xo‘jaligi maydonini yer bilan yakson qildi. Eng yomoni hujum mintaqada yong‘in kelib chiqishiga yo‘l ochdi.

Isroilning 10 - maydan beri G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlarida 61 nafari yosh bola, 36 nafari ayol kishi jami 212 kishi shahid bo‘ldi. Shahid bo‘lganlardan tashqari 1400 kishi tan jarohati oldi.

 



Aloqador xabarlar