Chubarov Erdo‘g‘anga qrim tatar turklari uchun quriladigan uylar uchun minnatdorchilik bildirdi

Rifat Chubarov Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anga qrim tatar turklari uchun qo‘l qo‘ygan uy - joy loyihasi munosabati bilan minnatdorchilik bildirdi.

1622304
Chubarov Erdo‘g‘anga qrim tatar turklari uchun quriladigan uylar uchun minnatdorchilik bildirdi

Qrim tatar milliy majlisi raisi Rifat Chubarov Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anga qrim tatar turklari uchun qo‘l qo‘ygan uy - joy loyihasi munosabati bilan minnatdorchilik bildirdi. Rifat Chubarov ushbu minnatdorchiligini maktub orqali yetkazdi.

Chubarov Facebook orqali yuqorida nomi tilga olingan maktubi haqida qoldirgan postida, maktubda Qrim tatar milliy majlisi nomidan Turkiyaning Ukraina mustaqilligi va qrim tatar xalqi haq - huquqini himoya qilish xususidagi nozik munosabatidan minnatdor ekanini belgilab o‘tgan holda, ikkala mamlakat o‘rtasida Istanbulda 10 - aprel kuni qo‘l qo‘yilgan “Qrim tatar xalqi vakillari va Ukraina fuqarolari foydalanuvchi kategoriyalari uchun uy - joy qurish tarmog‘ida hamkorlik qilish haqidagi shartnoma ustidan Erdo‘g‘anga maktub yo‘llaganini ifoda etdi.

Maktubda Qrim tatar milliy majlisining, Turkiyaning Qrimdan ko‘chishga majbur qolgan qrim tatar turklarining hayoti sifatini yaxshilash say - harakatini qo‘llab - quvvatlagani qayd etildi.

Quriladigan 500 uyning muammoning jiddiy ravishda hal qilinishiga yordam berolmasligi ifoda etilgan maktubda, qo‘shimcha ravishda yana 500 uy qurilishi imkonining ham ko‘rib chiqilishi iltimos qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Davlat rahbari Vladimir Zelenskiyning 10 - apreldagi Istanbul tashrifi doirasida qrim tatar turklari uchun Ukrainada uy - joy qurilishini rivojlantirish ma’muriyati (TOKI) tomonidan 500 ta uy qurish uchun ikkala mamlakat o‘rtasida shartnomaga qo‘l qo‘yilgandi.



Aloqador xabarlar